Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 7 kunlik chaqalog‘ini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Toshkent shahar IIBB JQB va Bosh prokuratura tomonidan 7 kunlik chaqalog‘ini 4 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBBga poytaxt hududida ayol kishi o‘zining shu yil 5 may kuni dunyoga kelgan qiz farzandini sotish uchun mijoz qidirayotgani haqidagi xabar kelib tushdi. Mazkur ma'lumot asosida Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli X.J. qo‘lga olindi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan («odam savdosi») jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ona ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, chaqaloq mehribonlik uyiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtosalonlardan birining direktori qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025