O‘zbekiston | 12:40 / 20.05.2018
165026
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu zavod nomigagina, hech kimga foydasi yo‘q». Prezident Andijondagi mashina zavodi haqida

Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati

19 may kuni Ulug‘nor tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan kredit mablag‘lari haqida gapirdi.

«4 sektor rahbarlari yozib olsin, nima uchun men Andijonga bu mablag‘larni ajratayapman. Andijonda katta korxonalar yo‘q, masalan, Farg‘onada katta neftni qayta ishlash zavodi, kimyo zavodi bor. U mashina zavodi (GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi - tahr.) nomigagina, hech kimga foydasi yo‘q. Bunday zavoddan o‘nta qilsa, foydasi bor. Raqobat bo‘lardi. Bu mashina zavod uchun o‘tgan 27 yil ichida juda ko‘p imtiyozlar berildi, soliqdan ozod qilingan, lokalizatsiya kam qilyapti.

Bu zavod aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta'minlab bermaydi. Shuning uchun, Andijonda hayot sharoitini yaxshilab berishimiz kerak. Baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish mumkin. Masalan, Namanganda Norin daryosida baliqchilik bo‘yicha loyihalarni yo‘lga qo‘ydik. Odamlarga daryo bo‘yidagi yerlarni ajratib berdik», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Mavzuga oid