Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda "ajrashuv solig‘i" ommalashmoqda
Xanchjou politsiyasi (Xitoy) mahalliy barlardan birida shubhali xaltani aniqladi. Unda 2 million yuan (314 ming AQSh dollari) borligi ma'lum bo‘ldi. Keyinroq politsiya bu shaharda yashovchi kishilardan birining sobiq ma'shuqasiga "ajrashuv uchun to‘lov" sifatida qoldirgan pullari ekanini aniqladi. BBC shu haqida xabar berdi.
Erkakning sobiq ma'shuqasi jo‘natmani olmagan va shu bois politsiyachilar xaltani egasiga qaytarishga majbur bo‘lishgan.
Shunga qaramay, so‘nggi vaqtlarda Xitoyda "ajrashuv solig‘i"ni to‘lash holatlari ko‘paymoqda. Qoidaga ko‘ra, munosabatlarni to‘xtatishga qaror qilgan tomon "soliq" to‘laydi. To‘lov miqdori juftlik birga o‘tkazgan vaqt, sa'y-harakatlar va sarflangan pullardan kelib chiqib hisoblanadi.
Sotsiologlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday xatti-harakatlar faqat bir qarashda ijobiydek tuyulishi mumkin. Biroq ekspertlar ajrashuvga soliq kiritish jamiyatda barchasi pul bilan o‘lchanuvchi iste'molchilik kayfiyati mavjudligidan dalolat beradi, deb hisoblashmoqda. Boshqalar uchun esa bunday to‘lovlar – erkaklar va ayollar o‘rtasidagi kuchli ijtimoiy tengsizlik natijasi, zero aksariyat ayollar oila uchun kareradan voz kechadi va erkakka nisbatan zaifroq vaziyatda qoladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025