Obama o‘ziga yangi ish topdi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel bilan Netflix servisi bilan kelishuv imzoladi va teleloyihalarga prodyuserlik qilmoqchi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, juftlik ko‘p yillik shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra Obamalar servis uchun filmlar va seriallar yaratish bilan shug‘ullanishadi. Rejada hujjatli filmlar va seriallar yaratish bor.
CNBC ma'lumotlariga ko‘ra, kontenti yaratish bilan High Ground Productions kompaniyasi shug‘ullanadi. Obama va uning rafiqasi o‘z e'tiborlarini iste'dodli odamlarning ilhomlantiruvchi voqealariga qaratishmoqchi. Barak Obamaning aytishicha, u prezident bo‘lgan vaqtda ko‘plab iste'dodli shaxslar bilan uchrashishga muyassar bo‘lgan va ular haqida butun dunyoga so‘zlab bermoqchi.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024