O‘zbekiston | 13:51 / 21.05.2018
19738
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari qasamyod keltirishi belgilab qo‘yilishi mumkin

Foto: Tengrinews

Avval xabar qilinganidek, normativ-huquqiy hujjatlar portalida «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.

Ushbu qonun loyihasining 55-moddasida davlat xizmatiga birinchi marta kirgan davlat xizmatchisi quyidagi mazmundagi qasamyod qabul qilishi ta'kidlanadi:

«Men O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish, o‘z faoliyatimda O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmati prinsiplariga rioya qilish, o‘z vazifalarimni halol va vijdonan bajarish va O‘zbekiston xalqiga xizmat qilishga, bu qasamyod buzilsa, qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishga tantanali ravishda qasamyod qilaman». 

Shundan keyin qasamyod keltiruvchi shaxs qasamyod matnini imzolaydi va u qabul qilingan sanani ko‘rsatadi.

Qasamyod matni davlat xizmatchisining shaxsiy ishida saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xizmatchilari daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida hisobot berishga majbur bo‘lishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid