O‘zbekiston | 15:02 / 22.05.2018
10304
1 daqiqa o‘qiladi

Uchinchi Boeing-787 Dreamliner samolyotining ekspluatatsiyasi boshlandi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Joriy yilning 20 may kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787 Dreamliner'da Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvozni amalga oshirdi.

«Orzu layneri»da Toshkentdan 244 nafar yo‘lovchi parvoz qilib, qaytishda 259 nafar yo‘lovchi uchib keldi.

Ta'kidlash joizki, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 2016-yil sentabr oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotining tijoriy ekspluatasiyasini boshlagan. Bugungi kunda ushbu rusumdagi ikkita laynerda Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur va Nyu-Yorkka qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kunlarda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining uchinchi Dreamliner'i ham uzoq masofalarga transatlantik qatnovlarni bajarishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid