O‘zbekistonga McDonald's, Burger King va Starbucks brendlari kirib kelishi mumkin
Amerikaning McDonald's, Burger King va Starbucks kabi brendlari 2019 yilning yanvarigacha O‘zbekistonda o‘z tarmoqlarini ochishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Chorvoq» erkin turistik zonasini (ETZ) tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yilning yanvariga qadar «Chorvoq» erkin turistik zonasi hududida jahon talab va standartlariga javob beradigan, ovqatlanish sohasidagi McDonald’s, Starbucks, Burger King va KFC kabi xalqaro brendlar tarmoqlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqilishi kerak.
Bu qaror ijrosi uchun ETZ direksiyasi, Davlat turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimiyati mas'ul etib tayinlandi.
Bundan avvalroq Toshkentda KFC’ning ilk restorani ochilishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:45 / 08.08.2024
Chorvoqda 6 yashar bolani Damas urib ketdi
18:49 / 25.07.2024
Kunida singan ko‘za: Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi “burni ostidagi” taqiqni nega nazorat qilmadi?
14:11 / 25.07.2024
Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni ko‘paytirildi
15:05 / 22.07.2024