Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uchrashuviga 1 yil tayyorgarlik ko‘rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp uchrashuviga taxminan 1 yil tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga ma'lum qilgan.
«Bu, avvalo, tabiiy tashrif. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga tegishli. Shuningdek, ko‘p jiddiy masalalar yig‘ilib qolgandi. Shu masalalar atrofida fikr almashish kerak edi. Aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘tarish zaruriyati bor edi. Amerika hozir dunyoda eng katta iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlat. Ular bilan munosabatlarni rivojlantirish, turli sohalarda aloqalarni kuchaytirish - bizning davlatimiz milliy manfaatlariga to‘liq javob beradi», deydi vazir.
Vazir joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlab, o‘tkazilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyasi haqida eslab, shu munosabat bilan AQSh davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktub to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
«Mana shu muloqotlar orasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bir necha marta Amerika tomonidan mana shu taklifni (Oq uyga tashrif - tahr.) olgandi. Keyin, yaqinda rasmiy ravishda, diplomatik kanallar orqali taklifnoma kelib tushdi. Keyin katta tayyorgarlik bilan, mana shu tashrifni o‘tkazdik», deydi Abdulaziz Komilov.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025