Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Ostonada minorali kran qulab tushdi
Qattiq shamol turgan vaqtda Ostona shahrida minorali kran qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa videosi tarqalgan.
Favqulodda vaziyatlar departamentidagi manba bergan ma'lumotga ko‘ra, bu vaqtda qurilish kompaniyasiga tegishli kran Turkiston ko‘chasidagi obektda demontaj ishlari amalga oshirayotgandi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Kuchli yomg‘ir va shamol Ostonada kunning ikkinchi yarmida kuzatila boshlangan. Qozog‘iston poytaxtida tongda kun issiq edi, kunning ikkinchi yarmida esa birdan osmonni qora bulut qoplagan va do‘l yog‘a boshlagan.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
10:17 / 27.03.2025
Yangiyo‘lda qurilish kranining o‘q qismi bog‘cha tomiga quladi
16:03 / 30.01.2025
Ostona va Toshkent o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshdi
16:46 / 03.01.2025