O‘zbekiston | 14:20 / 23.05.2018
43397
2 daqiqa o‘qiladi

Akmal Saidov hazillashib yevropaliklarga O‘zbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olishni taklif qilgan

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov hazilomuz tarzda yevropaliklarga O‘zbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olishni taklif qilganini esladi. 

«Yevropa Ittifoqi davlatlarida qamoqxonalar to‘lgan. Hattoki Belgiya hukumati Niderlandiyadan o‘zidagi mahbuslar uchun qamoqxonalarni ijaraga berishni so‘ragan. Men bir safar hazillashib aytgandim, agar narxiga kelisha olsak, biz joy beramiz», – deya Saidovning Toshkentda o‘tkazilgan brifingdagi so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.

Saidovning so‘zlariga ko‘ra, «respublikada o‘tkazilgan islohotlar» samarasi o‘laroq, O‘zbekistonda mahbuslar soni 2,5 barobar qisqargan.

«Bugungi kunda bizda qamoqxonalar 80 foizga to‘lgan, voyaga yetmaganlar uchun koloniyalar 20 foizga to‘lgan. Bu fakt qamoqxonalardagilar miqdori qanchalik kamayganini ko‘rsatadi», – deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 122 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Saidovning qayd etishicha, bu MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich, bu AQShdagidan 2-3 barobar pastroq ko‘rsatkichdir.

Mavzuga oid