Light | 01:05 / 23.05.2018
41364
5 daqiqa o‘qiladi

AQSh birinchi xonimining hayotiy qoidalari: Melaniya Tramp oilasi haqida

Foto: Getty Images

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp matbuotda muntazam ravishda hujumlarga duch keladi va shu bois ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yopishga majbur bo‘ladi. Forbes jurnali uning Donald Tramp bilan tanishuvi va turmushi, o‘g‘li tarbiyasi va qanday qilib prezidentning ayoli mavqei uning hayotini o‘zgartirgani haqidagi hikoyasi bilan bo‘lishdi.

Melaniya Knauss Yugoslaviyadan Nyu-Yorkka 1990-yillarda model karerasini qurish uchun kelgan. O‘shanda 26 yoshida u qanday hayot yo‘lini bosib o‘tishini xayoliga ham keltirmagan. Melaniya milliarder Donald Tramp haqidagi gap-so‘zlardan yaxshi xabardor bo‘lgan bo‘lsa-da, uni sevib qolgan. Yetti yildan keyin juftlik turmush qurgan. Melaniya Tramp Amerikaning birinchi raqamli xonimi va ehtimol, dunyoda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan ayolga aylandi.

"Biz 1998 yilda kechki ziyofatlardan birida tanishganmiz. U mening telefon raqamimni so‘ragan. Men unga raqamimni bermasligimni, yaxshisi u o‘z raqamini bersa, o‘zim unga qo‘ng‘iroq qilishimni aytganman.

Men uncha-muncha gap-so‘zlarga ahamiyat beravermayman, ishoning. Shuning uchun ham oilam sha'niga bildirilayotgan salbiy munosabatlarga dosh berib kelyapman.

Jamiyatda Donald yetakchi, uyda esa - men... Men ba'zan uyda ikki o‘g‘lim borligini, bular Berron va Donald ekanini aytaman.

Men ayollarning o‘zi uning yoniga kelib, o‘zlarining telefon raqamlarini berayotganlariga guvoh bo‘lganman. Naq mening ko‘zlarim oldida. Ularga Donaldning oilali odam ekanini aytaman.

Bizning Donald bilan munosabatlarimizni tanqid qilishdan avval odamlarga ko‘zguga qarab o‘ziga "Hayotda nimaga erishdim? O‘zimning oilam qanday?" deb savol berishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim.

Ijtimoiy tarmoqlar odamlar qalbini jarohatlaydi. U yerda salbiylik ko‘p. Mening hayotim — barchaga ko‘rsatish kerak bo‘lgan fotoalbom emas. Men ikki yil oldin barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimni yuritishni to‘xtatganman.

Odamlar meni umuman bilmay turib ayblashga shoshilishadi.

Men Donaldning hamma qarorlarini ham ma'qullamayman. Biror nima yoqmasa, bu haqida unga aytaman.

Biz u bilan ko‘p gaplashamiz, tez-tez qo‘ng‘iroqlashamiz. U shug‘ullanayotgan ishlarning baridan xabardorman.

Donald doim meni tinglaydi, lekin o‘zi to‘g‘ri deb bilgan yo‘lni tutadi.

Odamlar meni ko‘rgan bo‘lishsa, ehtimol besh daqiqa ko‘rishgandir, biroq xuddi butun hayotiy tafsilotlarimni biladigandek yozishadi.

Donaldni qoralovchi gap-so‘zlarga munosabatim: Men o‘ziga ishongan va o‘zimning qat'iy pozitsiyamga ega ayolman, bunday hujumlar meni u qadar tashvishga solmaydi.

Uning noqonuniy migrantlarga bo‘lgan munosabati menga og‘ir botmaydi. Men ham muhojirman. O‘z vaqtida men ham vizam muddatini uzaytirish uchun muntazam ravishda Sloveniyaga uchishimga to‘g‘ri kelgan. Keyin esa men Green Card o‘ynadim. Men tizimning barcha bosqichlaridan o‘tdim, shunchaki Amerikaga kelib, bu yerda qolib ketganim yo‘q.

Donald biror muammo haqida 45 daqiqa nutq so‘zlaydi, OAV vakillari matndan biror gapni "kesib olib", shu bo‘yicha ko‘rsatuvlar olib, maqolalar yozishadi.

Donald - kurashchi va u Amerika uchun oxirigacha kurash olib boradi.

Men - perfektsionistman, shug‘ullanadigan ishimga 100 foiz o‘zimni bag‘ishlayman.

Turmush o‘rtog‘im bilan saylov oldi kampaniyalarida ishtirok etmaslik - mening ongli tanlovim edi. O‘g‘limiz Berron 11 yoshda edi, bu yoshda esa bolani qo‘llab-quvvatlash muhim - ota yo ona uyda bo‘lishi kerak.

O‘g‘lim bilan suhbatlashaman. Uning yoshida bolalar yomon so‘zlarni qo‘llay boshlashi meni tashvishga solmoqda. Ulg‘ayishning bu bosqichidan hamma o‘tadi. Men doim uning e'tiborini nimani va qanday gapirayotganiga qaratishga harakat qilaman.

Washington Post va ABC News biz haqimizda biror ijobiy yangilik yozmagan. Barcha yaxshi yangiliklar faqat muxolifatga bag‘ishlangan.

Donald bilan yashash uchun mustaqil va o‘ziga ishongan ayol bo‘lish kerak. 

Mengacha ikki marta uylangan bo‘lishiga qaramay, men turmushimizga shubha bilan qaramaganman. Bizning o‘rtamizda kimyo bor.

Mavzuga oid