Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlik uchun jazo o‘tayotgan mahkum yana firibgarlik qildi
Shu yilning 20 may kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida maktab o‘qituvchisi N.Sh. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U joriy yilning yanvar oyida noma'lum shaxs o‘zining mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilganligi va o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi Aziz Umidov deb tanishtirib, hozirda Namangan viloyati Pop tumanidagi JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘i R.R.ni muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishini, buning evaziga 2.800 AQSh dollarni yo‘lovchi taksi orqali Buxoro shahriga yuborishini aytgan.
Shundan so‘ng N.Sh. noma'lum haydovchi orqali pulni berib yuborgan. Natijada noma'lum shaxs bergan va'dasini bajarmaganligini ma'lum qilganligi ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni hozirda Buxoro viloyati JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan J.T. sodir etganligi aniqlangan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025