Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Katta yettilik” va Yevropa ittifoqi Venesueladagi saylovlar natijalarini tan olmadi
“Katta yettilik” (Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh) va Yevropa ittifoqi yetakchilari Venesueladagi prezident saylovlari natijalarini tan olmasliklarini e'lon qilishdi.
Venesuelada prezident saylovlari 20 may kuni bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro o‘z lavozimini saqlab qoldi. U bu lavozimni yana 6 yil, ya'ni 2019-2025 yillar davomida egallab qoladi. Bir qator xalqaro tashkilotlar bu saylovlarning demokratik standartlarga to‘g‘ri kelmasligini va shu sababli saylovlarni tan olmasliklarini ma'lum qilishgan.
“Biz Venesueladagi saylovlar va uning natijalarini qoralaymiz, chunki ular fuqarolarning demokratik istagini aks ettirmagan”, deb aytilgan xabarda.
Bayonotda Venesuela hukumati “erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish”, milliy yig‘in hukumatini tiklash va gumanitar tashkilotlarga Venesuelaga to‘liq, xavfsiz va to‘siqlarsiz kirishni ta'minlash chaqirig‘i bor.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025