Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodalarni javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmi takomillashtiriladi
O‘zbekistonda piyodalarni Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmini takomillashtiriladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yul harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutadigan tartib ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarning shaxsini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aniqlash tartibini ichki ishlar organlarining amaliyotiga joriy etish;
yo‘lovchilar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi to‘g‘risida elektron bayonnomalarni rasmiylashtirish tartibi.
Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilandi.
Mavzuga oid
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024