Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya IIV angliyalik ishqibozlarning «uchinchi jahon urushi» haqidagi bayonotlariga izoh berdi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi angliyalik futbol ishqibozlarining Rossiyada jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida «uchinchi jahon urushi» keltirib chiqarilishi bo‘yicha bayonotiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti».
«Rossiya futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida ommaviy mushtlashuvlar yoki hujumlar yuz berishiga yo‘l qo‘ymaydi, qonunbuzarlar qo‘lga olinadi va deportatsiya qilinadi», - deya ma'lum qilgan RF ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Igor Zubov.
Shuningdek, Zubovning aytishicha, Fransiyadagi Yevro-2016 vaqtida kuzatilgan ommaviy mushtlashuvlar yuz bermaydi.
«Angliyalik ishqibozlar jahon chempionati vaqtida «uchinchi jahon urushi»ni keltirib chiqarishlari haqida ma'lum qilishdi. Bu juda kutilmagan bayonot. Fransiyada o‘shanda kuzatilgan ommaviy mushtlashuvlar Rossiyada takrorlanmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rosaviatsiya JCh-2018 ishtirokchi shaharlari uzra parvozlarni cheklagandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025