Jamshid Qo‘chqorov «Gazprombank» ekspert guruhi bilan muzokaralar o‘tkazdi
Joriy yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida «Gazprombank» AJ ekspert guruhining O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri – Jamshid Qo‘chqorov bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Unda O‘zbekistonda moliya bozorining rivojlanishiga qaratilgan hamkorlik, loyihalarga asosan moliyalashtirish va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan davlat-xususiy sherikchilikni amalga oshirish, istiqbolli investitsion loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etish hamda ijtimoiy sohaning yanada rivojlanishi yo‘lida tajribaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
«Gazprombank» AJ korporativ obligatsiyalar chiqarishni rasmiylashtirish va tashkil etish, xususiy bank xizmati sohasida aktivlarni boshqarish, korporativ moliyalashtirish hamda investitsion bankingning boshqa sohalarida yetakchilik qilayotgan Rossiyaning ko‘p tomonlama moliyaviy instituti hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024