Jamiyat | 17:50 / 24.05.2018
3383
6 daqiqa o‘qiladi

IIO reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslar “Saxovat” uylariga joylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilingan loyihada aytiladi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga kiritilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar:

1. 1-ilova quyidagi mazmundagi III-1-bob bilan to‘ldiriladi:

“III-1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish

17-1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi)da saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi.

“Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

17-2. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11–12-bandlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.

17-3. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish to‘g‘risida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi;

“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;

hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispanserlarining xulosalari;

“Saxovat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;

“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma'lumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi.

17-4. Reabilitatsiya markazlarida “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 17-3-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.

“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Saxovat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.

2-ilova quyidagi mazmundagi III-1-bob bilan to‘ldiriladi:

“III-1. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish

19-1. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Muruvvat” internat uylariga joylashtiriladi.

“Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

19-2. Reabilitatsiya markazlaridan “Muruvvat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 13–14-bandlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.

19-3. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;

hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispanserlarining xulosalari;

“Muruvvat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;

belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma'lumotnomaning nusxasi.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi.

19-4. Reabilitatsiya markazlarida “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 19-3-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.

“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Muruvvat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid