Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. O‘zbekiston termasi Peterburgdagi gubernator kubogiga eng kuchli tarkib bilan yo‘l oldi
26-31 may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Sankt-Peterburg gubernatori kubogi» bahslari tashkil qilinadi. «Mixaylovskiy manej» sport majmuasi mezbonlik qiladigan turnirda Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan bokschilar ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham g‘olib va sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoa bellashuvlarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-49kg: Hasanboy Do‘smatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Mirzobek Mirzahalilov
-56kg: Shahobiddin Zoirov
-60kg: Shunqor Abdurasulov
-64kg: Aliyor Noraliyev
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Mahmud G‘oipov
-69kg: Fazliddin Meliboyev
-75kg: Isroil Madrimov
-81kg: Bektemir Meliqo‘ziyev
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov
Bokschilar musobaqada murabbiylar Marat Qurbonov, To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Bahodir Erkayev qo‘l ostida ringga chiqadilar.
Shuningdek, Alisher Polvonov turnirda hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Ta'kidlash lozimki, terma jamoa Rossiyaning shimoliy poytaxtiga o‘zining eng kuchli tarkibi bilan yo‘l oldi. Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu turnir orqali Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar jismoniy va funksional holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha terma jamoa vakillari Rufat Risqiyevni ziyorat qilgani va G‘ofur Rahimov maktubini topshirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?
08:04 / 03.03.2025