Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada sobiq bosh vazir mojarosi: politsiya 28,6 mln dollar topdi
Malayziyalik politsiyachilar 1MDB (Birinchi Malayziya investitsiyalar va rivojlanish fondi) davlat fondidagi korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan o‘tkazilgan tintuvlar davomida 35ta sumkani topishdi, ularning ichida 115 mln Malayziya ringgiti (taxminan 28,6 mln dollar) bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, tintuvlar bir nechta qarorgohda o‘tkazilgan. Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, ulardan ba'zilarida mamlakat sobiq bosh vaziri Najib Razzoqning o‘g‘li va qizi istiqomat qiladi.
Iqtisodiy jinoyatlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha politsiya departamenti rahbari Datuk Seri Umar Singxning ma'lum qilishicha, politsiya xodimlari soatlar va zargarlik buyumlari bo‘lgan 37ta sumkani topishgan. Bu topilma qiymati hozircha aniqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya sobiq bosh vaziridan pullar va zargarlik buyumlari bo‘lgan 72ta sumka topilgandi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025