Niderlandiya Rossiyadan tovon puli talab qildi

Foto: Reuters /Yves Herman
Niderlandiya TIV rahbari Stef Blokning ma'lum qilishicha, Rossiya qurolli kuchlari va MN17 laynerini urib tushirgan «Buk» zenit-raketa majmuasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Blokning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyadan bo‘lgan hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan hamda uni surishtiruv xulosalaridan xabardor qilgan. Biroq, Lavrov Rossiya tomoni halokatga aloqador ekanini rad qilishda davom etyapti.
Ta'kidlanishicha, Blok Rossiya tomoni hozirgacha surishtiruvni o‘tkazayotgan xalqaro guruh bilan hamkorlik qila olmaganini xabar bergan. Niderlandiya vaziri Rossiyani bunday munosabatni o‘zgartirishga chaqirdi.
«Biz Rossiyadan tovon puli to‘lab berilishini so‘raymiz», - deya ma'lum qildi Blok.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tushirgan «Buk» Rossiyaga tegishli bo‘lgani aniqlangandi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025