Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Samsung zimmasiga Apple’ga 539 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi
AQShda hakamlar sudi Samsung kompaniyasi iPhone’dan nusxa ko‘chirgani uchun uning zimmasiga Apple kompaniyasiga 539 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni 2011 yilda, Apple Samsung’ni intellektual mulkka huquq, jumladan patent va tovar belgilarini buzganlikda ayblaganda boshlangan.
Ta'kidlanishicha, 2012 yilda Apple sudda yutib chiqqan va yarim milliardd dollardan ko‘proq pul olishi kerak bo‘lgan. Biroq 2016 yilda ish qayta ko‘rib chiqishga ketgan.
Pirovard natijada 25 may kuni sud Samsung zimmasiga dizayn va ixtiroga patentlarni buzgani uchun mos ravishda 533,3 va 5,3 mln dollar to‘lash majburiyatini yuklagan.
“Samsung mahsulotimizdan nusxa ko‘chirgani uchun haq to‘lashi kerak”, deb izoh berilgan Apple’da.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025