Jamiyat | 14:44 / 26.05.2018
10043
1 daqiqa o‘qiladi

28 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etildi

2018 yilning 23 may kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosida tumanda yashovchi, sud tomonidan bilan turli jazolarga hukm qilingan 100dan ortiq mahkum ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Ushbu sayyor sud majlisida muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolariga sud tomonidan hukm qilingan mahkumlarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi talablariga asosida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish to‘g‘risidagi 30dan ortiq taqdimnomalar ko‘rib chiqildi. Natijada jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya etgan 28 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Mavzuga oid