Jahon | 12:32 / 26.05.2018
18744
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda tayyorlangan 1464 kilogramm beshbarmoq Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Qirg‘izistonda 2018 yilning martida tayyorlangan 1464 kilogramm beshbarmoq va 117 metr chuchuk Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar bergan.

Foto: AKIpress

«Qirg‘iz tilekteshtigi» jamoat fondi a'zosi Dana Abdibekovaning so‘zlariga ko‘ra, 25 may kuni kechqurun Ginnes rekordlar kitobi kotibiyatidan javob olingan, sertifikatlar va hujjatlar pochta orqali yuborilishi aytilgan.

«Biz rekord o‘rnatdik», - deya xulosa qilgan u.

Milliy taom va chuchukni tayyorlash uchun 9 bosh ot so‘yildi. Aprel oyi oxirida tashkilotchilar kotibiyatga video va fotosuratlarga ega hujjatlarni yuborib, rekordni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rashgandi.

Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress

 

Foto: AKIpress
Foto: AKIpress

 

Mavzuga oid