Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qisqa aviareys necha daqiqa davom etadi?
Eng qisqa xalqaro aviareys Janubiy Amerikada ishga tushirildi. Bu haqda News18 xabar bermoqda.
Parvoz Aruba Airlines tomonidan amalga oshiriladi. U Aruba orolini - Niderlandiya tarkibiga kiradi - va Venesuelaning Punto Fidjo shahrini bog‘laydi, ushbu joylar orasidagi masofa 80 kilometrga tengdir. Parvoz sakkiz daqiqa davom etadi.
Parvozlar dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Ularning narxi 200 dollardan boshlanadi.
Dunyodagi eng qisqa ichki aviareys esa ikki daqiqa davom etadi. U Shotlandiyaning Orkney orollaridagi Uestrey va Papa-Uestrey aeroportlarini bog‘laydi.
Mavzuga oid
16:31 / 22.02.2025
O‘zbekiston bilan Surinam diplomatik munosabat o‘rnatdi
13:22 / 22.11.2023
«Janubiy Amerika Trampi» – Argentinaning yangi prezidenti haqida nimalar ma’lum?
16:43 / 07.08.2021
Iroq Belarusga parvoz qiluvchi barcha yo‘lovchi reyslarni to‘xtatdi
15:11 / 05.08.2021