Londonda havaskorlar jamoasi futbolchilari va ishqibozlari uchrashuvdan so‘ng hakamni do‘pposlashdi
Turk hamjamiyati futbol federatsiyasi kubogi havaskorlar klubi futbolchilari va ishqibozlari hakamni do‘pposlashdi.
Hodisa Londonda ro‘y bergan, musobaqalar aynan shu shaharda bo‘lib o‘tmoqda. Hakam uchrashuv yakunlanganini e'lon qilgach, futbolchilar va ishqibozlar unga hujum qilgan. Arbitr qochishga urindi, biroq o‘yinchilardan biri referini yerga yiqitgan, shundan so‘ng jabrlanuvchini bir guruh shaxslar o‘rab oldi.

Ta'kidlanishicha, hujum qilganlar huquqni muhofaza qilish organlari yetib kelguniga qadar yashiringan. Surishtiruv ishlari bilan politsiya va London futbol assotsiatsiyasi shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

14:47 / 04.05.2025