Xiaomi Mi 8 rasmiy posteri: yuz skaneri, ikki asosiy kamera va shisha korpus
Xiaomi Mi 8 flagman smartfoni taqdimotiga sanoqli kunlar qoldi, shu bois ijtimoiy tarmoqlarda yangi mobil qurilma haqidagi ma'lumotlar tarqalmoqda. Bugun xitoylik manbalar yangi smartfonning rasmiy posterini joylashdi, unda telefonning barcha xususiyatlari o‘rin olgan. Foydalanuvchilarga 3D Face yuz skaneri, ikki asosiy kamera va shisha korpusli yangi qurilma namoyish etilishi kutilmoqda.
Xiaomi Mi 8 - 3D Face yuz skaneri bilan to‘laqonli ta'minlangan Android bazadagi ilk mobil qurilma bo‘ladi. U Apple'ning Face ID tizimi muqobilidir. U hozircha faqat iPhone X'da qo‘llanmoqda, biroq tez orada bunday komponentni sentabrda taqdimoti kutilayotgan boshqa telefonlarda ham ko‘rish mumkin. Bu modul yorug‘ sharoitda ham, tim qorong‘ulikda ham birdek yaxshi ishlaydi.
Yangi qurilmaning orqa qopqog‘i shishadan tayyorlangan. Yuqori burchagida ikki asosiy kamera joylangan. Bu telefonning aynan qanday barmoq izlari skaneriga ega bo‘lishi hozircha noma'lum. U yo AMOLED-texnologiya bo‘yicha tayyorlanib displeyga joylanadi, yoki shunchaki Mi 6X'dagi kabi orqa korpusda bo‘ladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 8 smartfoni 2,8 GGts chastotali sakkiz yadroli Qualcomm Snadragon 845 protsessori bilan jihozlanadi. Mobil qurilma AI sun'iy intellektini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangi smartfonning rasmiy taqdimoti 31 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024