Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gazprom» va «O‘zbekneftgaz» Shoxpaxta konida gaz qazishni davom ettirishga kelishishdi
«Gazprom» va «O‘zbekneftgaz» Peterburg iqtisodiy forumi doirasida 2024 yilgacha Shoxpaxta konidan gaz qazishni davom ettirishga doir kelishuvni imzolashdi. Rossiya kompaniyasining matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
"Bugun Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida «Gazprom» boshqaruv raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi Alisher Sultonov Shoxpaxta konini o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulotni taqsimlashga doir qo‘shimcha shartnomani imzolashdi", - deya xabar beriladi kompaniyada.
Hujjat 2024 yilgacha avvalgi tijoriy sharoitlarda gaz qazishni davom ettirishni ko‘zda tutadi.
Shoxpaxta – 1962 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismida ochilgan gaz koni. Shoxpaxta koni rekonstruksiyasi va qazish ishlari 2004 yilda 15 yillik muddatga imzolangan mahsulot taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi
10:33 / 14.03.2025
«Gazprom» G‘arb sanksiyalaridan eng katta zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi - Reuters
17:46 / 17.02.2025