Jahon | 09:09 / 28.05.2018
2272
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada prezidentga impichment muhokama qilinishi mumkin

Serjo Mattarella/Foto: Flickr

Italiyadagi «Besh yulduz harakati» yetakchisi Luiji Di Mayo parlamentda mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga impichment e'lon qilish masalasini muhokama etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda. 

Di Mayo o‘z taklifida konstitutsiyaning 90-moddasiga tayangan, unda «respublika prezidenti davlatga xiyonat va konstitutsiyaning buzilishi holatlaridan tashqari, davlat rahbari lavozimida o‘z xatti-harakatlari uchun mas'uliyatga ega emas» deyiladi.

Siyosatchining fikricha, shundan so‘ng parlamentga yangi saylovlarni o‘tkazish lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid