Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda bolakayni yuqori qavatdan yiqilishdan qutqarib qolgan muhojir Makron bilan uchrashadi (video)
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bir bolakayni ko‘p qavatli uydan yiqilishdan qutqarib qolgan malilik muhojir bilan uchrashadi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuv 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 09.50da bo‘lib o‘tadi.
BFMTV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 26 may kuni kechki vaqt yuz bergan. 4 yoshli bola 5-qavatdagi uyning balkonidan osilib qolgan va istalgan vaqt yiqilib tushishi mumkin bo‘lgan. Voqea guvohi, malilik Mamudu Gassama sanoqli soniyalarda 5-qavatga tirmashib chiqib, bolakayni qutqarib qolgan.
“Bu jasur va mard erkak o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bolaning hayotini qutqarib qoldi”, deb yozgan tvitterda Parij meri Ann Idalgo. Mer ushbu erkak muhojir ekanligini bilgach, “Parij uning Fransiyada qo‘nim topishga urinishini qo‘llab-quvvatlashini” qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
15:30 / 08.05.2025
WP: Oq uy Ukrainadan AQShdan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishni so‘ragan
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025