Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabvening sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha jarayonga ikkinchi marta kelmadi
Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 28 may kuni olmoslar qazib olishda mablag‘larning o‘g‘irlanishi ishi bo‘yicha parlament jarayoniga ikkinchi marta kelmadi. Bu haqda mamlakat parlamentining kon va energetika ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Tembla Mlisvaga iqtibos keltirgan holda Zwnews portali ma'lum qildi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, sobiq prezident mamlakatdagi eng katta olmos koni Marangeni o‘zlashtirishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligi yuzasidan parlamentning kon sanoati qo‘mitasi a'zolari savollariga javob berishi kerak edi. Mugabening o‘zi prezidentligi vaqtida olmoslar sotilishidan davlatga 15 mlrd dollar kelib tushmaganini tan olgan.
“Biz unga agar kelmasa, bo‘ysunmaslikda ayblanishini eslatib o‘tamiz”, deb aytgan Mlisva.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi jarayon 11 iyunga belgilangan.
2017 yil noyabrida 93 yoshli Mugabe harbiylar va hukmron partiya rahbariyati bosimi ostida iste'foga ketishga majbur bo‘lgandi.
Marange koni 2006 yilda ochilgan bo‘lib, mutaxassislarning baholashicha, sayyoramizdagi eng katta olmos koni hisoblanadi. Uning o‘zlashtirilishida Xitoy, BAA, JAR kompaniyalari ishtirok etgan. Kon 300 kvadrat kilometrdan ko‘proq maydonni egallaydi.
Mavzuga oid
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi
11:30 / 05.03.2025