O‘zbekiston | 10:36 / 30.05.2018
3421
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniya bilan hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi

2018 yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Tashqi ishlar va muhojirlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuv to‘g‘risidagi Protokol imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida institutsional hamkorlik qilish uchun huquqiy asos bo‘ladi.

Mavzuga oid