Kubada «Alberto» po‘rtanasi odamlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda

Foto: Reuters /Carlos Barria
Kubada to‘rt kishi «Alberto» tropik po‘rtanasi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Prensa Latina xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, «Alberto» po‘rtanasi tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari sabab Kuba markaziy qismida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Avvalroq, Kubada «Alberto» dovuli oqibatida kamida 11 ming kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgani ma'lum bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, dovul sababli yuz bergan kuchli yomg‘irlar tufayli mintaqada vahima kelib chiqqan.
Kuba temir yo‘llari uyushmasi milliy darajadagi yo‘lovchi tashuvlari bekor qilingani haqida xabar berdi. Avtomobil tashuvlari ham to‘xtatib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Alberto» tropik po‘rtanasi AQShning Florida shtatiga yopirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi

14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi

09:00 / 24.10.2024
Kubadagi 70 foiz aholi punktida elektr ta’minoti tiklandi

12:50 / 21.10.2024