Rossiya harbiylarini Boyqo‘ng‘irdan butunlay olib chiqib ketishi mumkin
Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Beybut Atamqulov Rossiya Boyqo‘ng‘irdan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishi mumkin ekanini tasdiqladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
«Ha, haqiqatdan ham, Rossiya Federatsiyasida Boyqo‘ng‘ir aerodromidan harbiylarni butunlay olib chiqib ketish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Hozircha biz ushbu masala bo‘yicha aniq ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazmadik. Biroq, bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda. Hozir hali ro‘y bermagan narsani izohlay olmayman. Keyingi harakatlar qanday bo‘lishiga doir masala muhokama etilmoqda. Ma'lumot berildi, muhokama davom etmoqda», - degan Beybut Atamqulov.
Vazirning ta'kidlashicha, bugungi kunda mingtadan ortiq sun'iy yo‘ldosh uchirish bo‘yicha xizmatlarni kutib turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarni Boyqo‘ng‘irdan olib chiqib ketish haqidagi qaror tijorat parvozlarini amalga oshirish imkonini beradi.
«Bunda plyuslar ham bor, sababi shunda ochiq tijorat parvozlarini jalb etish imkoni paydo bo‘ladi. Bugun tijorat sohasi qiziqarli bo‘lib bormoqda. Masalan, parvozlarda. Dunyo bo‘ylab mingtadan ortiq sun'iy yo‘ldosh uchirish bo‘yicha xizmatlarni kutib turibdi», - dedi vazir.
Mavzuga oid
15:04
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024