O‘zbekiston | 16:23 / 30.05.2018
13611
3 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahrida “Amir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi

Urganch shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida Mudofaa vazirligi tasarufidagi harbiy-akademik litseylar (“Temurbeklar maktabi”) o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Xorazm viloyati hokimligi, keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uch kun davom etgan musobaqada ishtirokchilar turnik tortinish, 100 va 3000 metrga yugurish, harbiy estafeta, granata uloqtirish, arqon tortish kabi shartlar bo‘yicha bellashdi. Harbiy estafeta sharti, ayniqsa barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jangovar tayyorgarlik elementlarini o‘zida mujassam etgan mazkur shartda g‘olib bo‘lish qatnashuvchi jamoalarning barcha a'zosiga birdek bog‘liq bo‘ldi. Bunga ko‘ra, “Trevoga” signali bo‘yicha uyg‘onib, ust-bosh kiyimini tezda kiyishi va belgilangan masofani tezkorlik bilan bosib o‘tish, patrul postida xizmatni o‘tash, zaharlangan hududda himoya vositalari bilan harakatlanish, 16 kg og‘irlikdagi o‘q-dori qutisini belgilangan marraga yetkazish hamda merganlik va granata uloqtirish (nishonga tegmaguncha davom ettiriladi) kabi mashqlar bajarildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Urganch, 2- va 3-o‘rinlar esa Samarqand va Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilariga nasib etdi. G‘olib jamoalar Mudofaa vazirligi  va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, harbiy sport musobaqasida yakka tartibda yuqori natija ko‘rsatgan harbiy-litsey o‘quvchilari Eldor Egamberganov va Salimjon Jo‘raboyev (tortinish mashqini 34 marotaba bajardi) hamda 51,28 metr masofaga granata uloqtirgan hamda 11,6 soniyada 100 metrni yugurib o‘tgan Ikrom Fayzullayev hamda 3000 metrga yugurish bo‘yicha tanlov rekordini qayd etgan (9,38 daqiqa) Muzaffar Temirovga Mudofaa vazirligining esdalik diplomi topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid