Xorijiy ijodiy guruhlarga dronlarni olib kirishga ruxsat berildi
Xorijiy ijodiy guruhlarga O‘zbekistondagi uchuvchisiz uchar qurilmalarni vaqtinchalik olib kirish va mamlakat hududida foydalanishga ruxsat berildi, deya xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.
Alohida chet elliklarga dronlarni olib kirishga ruxsat berilishi fevral oyida prezident tomonidan imzolangan «Kirish turizmini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarordan so‘ng ma'lum bo‘lgandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ijodiy guruhlar ijodiy guruh va suratga olish joylari haqida zarur ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda Davlat turizm qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkino» MAga ruxsatnoma berishni so‘rab murojaat qiladilar.
Ko‘rsatilgan idoralardan biri Mudofaa vazirligi va Davavianazoratni xabardor qiladi hamda olingan ruxsatnomani ijodiy guruhga beradi.
Bu mamlakatning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2015 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga dronlarni olib kirish taqiqlangan, bunda faqat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus holatlar mustasno (yuridik shaxslar o‘z maqsadlari uchun uchuvchisiz uchar qurilmalarni maxsus ruxsatnoma bilan olib kirishi mumkin).
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
10:50 / 14.09.2024
Reuters: Rossiya o‘z dronlari uchun Xitoy dvigatellaridan foydalanyapti
16:58 / 12.09.2024