Jahon | 20:25 / 31.05.2018
10698
2 daqiqa o‘qiladi

Medvedev va Rahmon: migratsiya hamda ta'lim masalalari muhokama etildi 

Foto: Aleksandr Astafev/TASS

​Dushanbe shahrida Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan migratsiya va ta'lim masalalarini muhokama etdi. Bu haqda Tojikiston davlat rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Ma'lum qilinishicha, payshanba kuni tomonlar Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi strategik hamkorlik shartlariga doir barcha ahamiyatli mavzularni muhokama etishgan. 

Rossiya hukumatining yangi rahbari sifatida qayta tayinlangan Dmitriy Medvedev birinchi xorijiy safarini Tojikistonga amalga oshirdi. Davlat rahbarining Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ikki tomon ham manfaatli gumanitar-madaniy sohalarga to‘xtalib o‘tgan. 

Suhbat davomida o‘sib kelayotgan tojik yoshlariga rus tilida ta'lim olishda keng imkoniyat yaratish masalasi ham ko‘tarilgan. Shuningdek, tojikistonlik yoshlarning Rossiya hududidagi oliygohlarda o‘qishi bo‘yicha fikrlar bildirilgan. 

Mehnat muhojirlari mavzusida suhbatlasha turib, Rossiya va Tojikiston oliy vakillari chegaralarda kirish-chiqish sharoitini yaxshilash, muhojirlarga ko‘proq ijtimoiy foydali shartlarni yaratish haqida gapirib o‘tishgan. 

Suhbat so‘ngida, tomonlar Rossiyaning Tojikiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega loyihalarga yo‘naltirgan sarmoyalarini ko‘paytirish shartlari muhokama qilindi. 

Mavzuga oid