Shavkat Mirziyoyev: «Bizda suvning egasi yo‘q»
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjyetga qo‘shimcha tushumlarni ta'minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Endi suv tashkiloti rahbarlari 24 soatlik rejimga o‘tishi kerak. Suv yo‘q, deydi. Bizdagi suv yetadi, agarda bu suvni to‘g‘ri ishlatsa, bir yilda ikki barobar ko‘p paxta qilsa bo‘ladi. Bizda suvning egasi yo‘q. Hamroyev (Shavkat Hamroyev, suv xo‘jaligi vaziri - tah.) sen ham uyg‘ongin. Seni vazir qildim, endi eski tos, eski hammom qilib, bulbuldek sayrashing kerak emas menga. Suv limitidan oqilona foydalanishni qat'iy nazoratga olishimiz shart. Bugundan boshlab suv xo‘jaligi tizimida qat'iy intizom o‘rnatmasak, ko‘zlangan maqsadga yeta olmaymiz.
Oldimizda qiyin masala turibdi, hamma oyoqqa turib, odamlarni boqishimiz kerak. Televizorda ham faqat ura-urani emas, balki mana shu narsalarni ko‘rsatish kerak. Suvni 24 soat nazorat qilishimiz kerak. U 24 soat oqadi, biz esa uch soat ham nazorat qilmaymiz. Albatta, keyin suv bo‘lmaydida, hamma suv zovurda!», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbir
Yig‘ilishda suv tanqisligi kutilayotgan Qashqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpog‘istonda 10 ming gektarga kamaytirilishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 12.08.2024