Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatda o‘zgarishlar, Abduhakimov yana bir sohani nazorat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.
Xususan, turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik sohasi sifatida rivojlantirish bo‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida:
Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm Kompleksi rahbari lavozimi;
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari - Ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport Kompleksi rahbari lavozimi tugatildi.
Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasida quyidagi lavozimlar joriy etildi:
Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish Kompleksi rahbari;
Bosh vazir o‘rinbosari - Ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari Kompleksi rahbari.
Qarordan ko‘rish mumkinki, endilikda turizm masalasini ham yaqinda bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Aziz Abduhakimov nazorat qiladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025