O‘zbekiston | 15:29 / 01.06.2018
4833
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Jyenevada o‘tayotgan mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda 

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Jyenevada o‘tayotgan 107-mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda. 

T.Narbayeva joriy yilning 31 may kuni Konferentsiyadagi o‘z chiqishida, 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini va Barqaror rivojlanish maqsadlari - mamlakat taraqqiyotini ta'minlashning muhim asosi ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Ayniqsa, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan milliy mehnat qonunchiligi, bandlik va munosib mehnat sharoitlari, XMT konvensiyalarining bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qayd etildi.  

T.Narbayeva O‘zbekistondagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ni amalga oshirish, mehnat sohasida hamkorlar o‘rtasida samarali ijtimoiy muloqotni o‘rnatish, aholi hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqot masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Konferentsiya ishtirokchilari mamlakatda gender tengligini va ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ma'lumotga ega bo‘lishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid