Fan-texnika | 17:58 / 01.06.2018
5870
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbektelekom» Rossiya va Qozog‘istonga qo‘ng‘iroqlar narxini oshirmaydigan bo‘ldi 

Foto: UzA

«O‘zbektelekom» «Markaziy Telegraf» servis telefon kartalari abonentlari uchun rejalashtirilgan tariflar oshishini bekor qiladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

«Xalqaro operatorlar bilan «O‘zbektelekom» AKning Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishi bo‘yicha tariflarni pasaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq, «Markaziy Telegraf» servis telefon kartalari abonentlari uchun 2018 yil 1 iyunga rejalashtirilgan tariflar oshishi bekor qilinadi», - deyiladi xabarda.

Endi eski tariflar saqlanib qoladi: «Markaziy Telegraf» telefon kartalari orqali Rossiya bilan suhbatning 1 daqiqasi 410 so‘m/min, Qozog‘iston bilan esa 425 so‘m/min.ni tashkil etadi.

Mavzuga oid