Sport | 19:23 / 01.06.2018
22395
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan 200 million yevroga Qatar termasini boshqarishi mumkin

Foto: AFP/Archivos Gabriel Bouys

Misrlik tadbirkor Najib Saviris «Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi.

«Zidan Qatar terma jamoasini boshqaradi va 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorlaydi. Maoshi - 50 million yevro, shartnoma muddati - 4 yil. Pul hamma narsani hal qiladimi?» — deb yozdi Saviris tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan 31 may kuni iste'foga chiqqanini e'lon qildi va yaqin orada hech qayerda ishlamasligini ta'kidlagan edi.

Mavzuga oid