AQShda uchuvchilikni endi o‘rganayotgan qiz samolyotni avtomobil yo‘liga qo‘ndira oldi (video)
AQShda uchuvchilik sirlarini endigina o‘rganishni boshlagan qiz samolyotni avtomobil yo‘liga qo‘ndira oldi. Bu holat yo‘lda ketayotgan mashina videoregistratorida qayd qilingan.
Rolik muallifining aytishicha, voqea 1 iyunda Kaliforniyadagi Xantington-Bichda yuz bergan. Haydovchining aytishicha, u samolyot shovqinini mototsiklniki deb qabul qilgan, biroq birozdan keyin ustidan samolyot uchib o‘tganini ko‘rgan. Samolyotning yo‘lga qo‘ndirilishi yo‘l transport hodisalari va qurbonlarga olib kelmagan. Bundan tashqari, uchuvchi elektr liniyalariga shikast yetkazmagan.
Shahar politsiyasida samolyotni boshqargan qizning mahoratidan qoyil qolganlar.
“Ba'zi uchuvchilar hattoki yo‘lning qaysi tomonidan yurishni ham bilmaydilar”, deb hazillashganlar politsiyachilar.
Ma'lum qilinishicha, uchuvchi aeroportga dvigateldagi muammo sababli yetib bora olmagan.
Mavzuga oid
15:49 / 25.11.2024
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
08:10 / 25.11.2024
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024