Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi “Bolalar shaharchasi”da harbiy vatanparvarlik mavzusida tadbir o‘tkazildi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati 89165 va 96635-harbiy qismlar komandirlari mayor Husniddin Shermatov, kapitan Saidbek Hakimov, harbiy qism komandirlari o‘rinbosarlari podpolkovnik Anvar Mavlonov, kapitan Akilbek Umaraliyevlar tashabbusi bilan Andijon shahrida joylashgan ota-onasidan qarovsiz qolgan “Bolalar shaharchasi”dagi tarbiyalanuvchilar bilan harbiy vatanparvarlik mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onasiz, voyaga yetmagan yoshlarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish, mehrga muhtojlar holidan xabar olish, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida turtki vazifasini o‘tashga qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 89165 va 96635-harbiy qismlar harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘rgazmali harbiy qurollar namoyishi hamda qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlar tarbiyalanuvchilarni xushnud etdi. “Bolalar shaharchasi”dagi tarbiyalanuvchilar harbiy xizmatchilar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025