O‘quvchilarning o‘z o‘qituvchilari haqida qayg‘urishi ta'sirli voqeaga aylanib ketdi (video)
Braziliyaning Breju-Santu munitsipalitetidagi maktablardan birining o‘quvchilari ikki oydan beri maosh olmayotgan o‘z o‘qituvchilari Bruno Rafael de Payvaga pul yig‘ib berishdi.
De Payva munitsipalitetga mart oyida ko‘chib o‘tgan va mahalliy maktablardan birida betobligi sababli ta'tilga ketgan boshqa o‘qituvchi o‘rniga dars bera boshlagan. U may oyigacha maosh olmagan, oilasini boqishda esa unga do‘stlari yordam bergan.
Ma'lum qilinishicha, o‘qituvchi yashash uchun alohida joy olishga imkoni bo‘lmagani sababli maktabda yashashga majbur bo‘lgan.
O‘quvchilar bundan xabar topib, ustozlari uchun pul yig‘ib berishga qaror qilishgan. Ular yig‘gan umumiy summa 400 Braziliya realini (100 dollar) tashkil qilgan. 15 may kuni ular pul solingan qutichani o‘qituvchi darsga kelishidan oldin uning stoli chekkasiga qo‘yishgan. Bundan bexabar o‘qituvchi qutichada u uchun yig‘ilgan pulni ko‘rib, hayajondan yig‘lab yuborgan, o‘quvchilar esa o‘qituvchilarini quchib olishgan.
Maktab direktori de Payva shartnomani 20 mart kuni tuzgani sababli maoshi keyingi oyga qolib ketganini aytgan, biroq u o‘qituvchiga may oyi uchun ish haqi nima uchun berilmagani sababini tushuntira olmagan. Direktorning aytishicha, o‘quvchilarning bu ishi qolgan o‘qituvchilar va xodimlar uchun kutilmagan hodisa bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024