Jahon | 13:29 / 03.06.2018
10042
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyada orfografik xatoli 0 yevro sotuvga chiqdi

Foto: Euro Souvenir Slovensko

2 iyun kuni Slovakiyada 0 yevro nominalli suvenir  banknotasi sotuvga chiqdi. Kupyuralar orfografik xato bilan bosmadan chiqqan, deya xabar beradi Slovakia International radiosi. 

Banknotada Dunay uzra qad ko‘targan tarixiy Bratislava qal'asi tasvirlangan, qachonlardir bu yerda Vengriya hukmdorlariga toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tgan. 

Bratislavský hrad (Bratislava qal'asi) yozuvida ikkinchi s harfi tushib qoldirilgan va Bratislavký hrad deb yozilgan. Ta'kidlanishicha, kelajakda shu xato tufayli banknota qiymati oshishi mumkin. 

Avval Slovakiyada G‘alaba kuniga shuningdek 0 yevro nominalli suvenir banknotasi ishlab chiqarilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid