Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp savdo bojlari kiritilishining sababini tushuntirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington AQShda savdo qiluvchi davlatlarga nisbatan boj kiritishi kerak, deb hisoblamoqda. Uning fikricha, faqat shunday yo‘l bilangina teng shartlarda adolatli savdo qilishga erishish mumkin.
“AQShga savdo sohasida adolatli munosabatda bo‘lishlari kerak. Agar biz boshqa davlatlar tovarlariga boj kiritmasak, ular esa bizdan 25, 50 yoki 100 foiz talab qilsalar, bu adolatdan emas, bunga chidab bo‘lmaydi. Bu erkin yoki adolatli savdo emas, ahmoqona savdo!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
AQSh 1 iyundan Yevropa ittifoqi, Kanada va Meksikadan, undan avvalroq esa boshqa davlatlardan po‘lat importiga 25 foizlik, alyuminiyga esa 10 foizlik boj kiritdi.
O‘z navbatida Yevropa ittifoqi Vashingtonning bu qarori bo‘yicha Jahon savdo tashkilotiga arz qilgan, Kanada va Meksika esa uni avval o‘rnatilgan savdo qoidalarining buzilishi deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi
09:32 / 09.05.2025