Bahromjon A'loyev O‘zbekistonning Qatardagi elchisi bo‘ldi

Foto: Qatar TIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Qatardagi favqulodda va muxtor elchisini tayinladi (qarorgohi Kuvaytda).
Qatar TIV matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Qatardagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Kuvaytda) Bahromjon A'loyev Qatar davlat tashqi ishlar vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
Qatar davlat tashqi ishlar vaziri elchiga muvaffaqiyatlar tiladi va Qatar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Doha shahrida Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid

22:02 / 14.04.2025
Suriyaning Moskvadagi elchisi Rossiyadan boshpana so‘radi

01:40 / 27.03.2025
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

17:09 / 06.03.2025