Jahon | 23:03 / 04.06.2018
6711
2 daqiqa o‘qiladi

General Motors vitse-prezidenti poyga starti ushlanishiga sababchi bo‘ldi (video)

AQShda o‘tkaziluvchi IndyCar avtomobillar poygasining Detroyt Gran-prisi vaqtida qiziq voqea yuz berdi. 

Voqea poyga starti oldidan mashinalarni “qizdirib olish” vaqtida yuz bergan. Bunda poygada ishtirok etuvchi mashinalar xavfsizlik mashinasi ortidan yurib o‘tadilar. Biroq xavfsizlik mashinasi haydovchisi navbatdagi burilishdan chiqmay turib, gaz tepkisini keskin bosgan va oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, trassa chetidagi to‘siqqa borib urilgan.

Qizig‘i, Chevrolet Corvette ZR1 xavfsizlik mashinasini professional poygachi emas, balki General Motors vitse-prezidenti Mark Royss boshqargan. Bu poyga Chevrolet markasi piar-aksiyasi bo‘lishi kerak bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Royss poyga oldidan ekstremal haydovchilik kurslarida o‘qigan.   

Chevrolet vakillarining aytishlaricha, to‘qnashuvga ob-havodan tortib trassa holatigacha bir qator sabablar olib kelgan. Voqeadan keyin Royss va marka AQShda hazil-mutoyibalar va memlar obektiga aylandi. 

Mavzuga oid