Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qisqichbaqa qaynayotgan suvdan chiqib olish uchun o‘z panjasini uzib tashladi
Xitoyda restoranga tashrif buyurgan shaxs yonida qaynayotgan suv to‘ldirilgan kastryulyada tayyorlanayotgan qisqichbaqalardan biri chap panjasini o‘zi uzib tashlaganiga guvoh bo‘ldi. Bu haqda Taiwan News yozmoqda.
Weibo mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘ining Jiuke ismli foydalanuvchisi so‘zlariga ko‘ra, u qisqichbaqalarning katta porsiyasiga buyurtma bergan. Tirik qisqichbaqalarni qaynayotgan suvga ota boshlashgach, ulardan biri kastyulyadan chiqqan va uning chetiga ko‘tarilib olgan. Biroq, u chap panjasini chiqarib ololmagan. Shunda qisqichbaqa o‘ng panjasi bilan chapini uzib tashlagan va ozodlikka chiqqan.
Foydalanuvchining xabar berishicha, qisqichbaqani o‘ziga olgan va uydagi akvariumga solib qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, qisqichbaqalar o‘z panjalarini ko‘p bora yo‘qotishi mumkin: ular odatda, qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025