Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyati XXR bilan 100 mln AQSh dollaridan ziyod loyiha Memorandumi imzoladi
Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi Sian shahri munitsipal tijorat boshqarmasi bosh direktori Lyu Xechjun boshchiligidagi bir guruh tadbirkor va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
U yerda xorijiy mehmonlarni Jizzax viloyat hokimi E.Saliyev, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi vakillari, viloyat investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Inomov hamda viloyatning boshqa tashkilotlari mas'ul xodimlari kutib olishdi.
Delegatsiya a'zolari “Jizzax” EIZda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda bo‘lib, u yerda xorijiy investorlar uchun keyingi yillarda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
“Jizzax” EIZ ma'muriy binosida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida delegatsiya a'zolariga Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalaridagi imkoniyatlari, mavjud mineral resurslar zaxiralari to‘g‘risida ma'lumot berildi. Mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi E.Saliyev va Shensi provinsiyasi Sian shahri munitsipal tijorat boshqarmasi bosh direktori Lyu Xechjun va “Da Mingun” qurilish materiallari sanoat korporatsiyasi vitse prezidenti Yan Xuanin tomonidan “Jizzax” EIZ hududida “Chanan” O‘rta Osiyo sanoat kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Loyihaning umumiy qiymati 520 mln yuan yoki 81,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, yaqindagina ”Jizzax” EIZ bilan “O‘rta Osiyo Triumf” korxonasi o‘rtasida 20,0 mln dollarlik metallprokat ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ham Memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025